
EʼLON
Bugun soat 00:50 da Toshkent shahrida joylashgan 110 kV kuchlanishli “DOK” podstansiyasidagi 6 kV kuchlanishli kabel tarmog‘ida (taqsimlovchi tarmoqlar tasarrufidagi) chaqnash (qisqa tutashuv) sodir bo‘lgan.
Natijada Olmazor tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, 6 kV kuchlanishli qurilmaga kuchlanish berildi.
Taqsimlovchi tarmoq mutaxassislari tomonidan isteʼmolchilar elektr taʼminoti navbatma-navbat tiklanmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, 6 kV kuchlanishli qurilmaga kuchlanish berildi.
Taqsimlovchi tarmoq mutaxassislari tomonidan isteʼmolchilar elektr taʼminoti navbatma-navbat tiklanmoqda.
Barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI