2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 500 kV kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘i muhofaza zonasi hududida profilaktika ishlari olib borilmoqda
  • 08.09.2026
  • 27

500 kV kuchlanishli L-527 havo elektr uzatish tarmog‘ining Samarqand viloyatining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida, ya’ni elektr uzatish havo tarmog‘i muhofaza zonasi hududida profilaktika ishlari olib borilmoqda. Xususan, 505-, 506- va 507-sonli tayanchlarga olib boruvchi, harakatlanish qiyin bo‘lgan yo‘llarni ta’mirlash va tartibga keltirish ishlari bajarildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur ishlar elektr uzatish tarmog‘iga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratadi, elektr tarmoq xo‘jaliklari muhofaza zonalariga oid talablarga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi.

 

«SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI