

"Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali bosh muhandisi rahbarligida podstansiyalar xizmati G‘uzor guruhi tezkor xodimlari uchun texnik o‘qish tashkil etildi. O‘qish davomida quyidagi masalalar bo'yicha bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi:
♦ Podstansiyalarning bo'linish chegaralari;
♦ Tezkor xodimlarni navbatchilikni qabul qilish va topshirish tartibi;
♦ Rele himoyasi va avtomatika ishlash prinsiplari.
Bunday tadbirlar tezkor xodimlarning malaka darajasini oshirish, ish jarayonida operativlik va aniqlikni ta'minlash maqsadida muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.
«QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
• AXBOROT XIZMAT