2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: “Shanba — sport kuni” anʼanasiga ko‘ra futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
  • 05.09.2026
  • 10

ONLINE:  “Shanba — sport kuni” anʼanasiga ko‘ra futbol musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Aksiyadorlik jamiyati rahbarining tashabbusi bilan boshlangan har hafta shanba kungi sport tadbiri yoz mavsumigagi tanaffusdan so‘ng yana start oldi.

Markaziy boshqaruv apparati, "Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari", "Toshkent magistral elektr tarmoqlari" hamda "Energo-IT" filiali ishchi-xodimlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida mini futbol sport musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Maʼlumot o‘rnida: Sport tadbiriga ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lmagan xodimlar jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Aksiyadorlik jamiyatida barcha MET filiallari ishtirokida mini futbol bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazib borilmoqda.

Facebook ♦ Instagram ♦ Youtube

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati