2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI: Toshkentning elektr quvvati qanchaga oshmoqda?
  • 03.09.2026
  • 18

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Toshkent shahar hokimligi ko‘magida poytaxt elektr ta’minoti tizimini yanada barqaror va ishonchli qilish bo‘yicha muhim modernizatsiya ishlari amalga oshirildi.

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” tasarrufidagi 21 ta podstansiyada qurilish va yangilash ishlari bajarildi, elektr qurilmalari modernizatsiya qilindi hamda transformatorlar quvvati oshirildi.

Natijada 813 MVA qo‘shimcha transformator quvvati yaratildi. Bu 308 600 nafardan ortiq aholi, 7 020 dan ortiq yuridik shaxs va ijtimoiy soha obyektlari uchun elektr ta’minotining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur ishlarning pudrat qismi “O‘ZBEKENERGOTAMIR” AJ tomonidan bajarildi.

▫️Qaysi podstansiyada qanday ishlar amalga oshirildi? Batafsil videoda.

Manba: https://t.me/poytaxt_uz/52006

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati