2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot shukronalik hissi tahliliga bag‘ishlandi
  • 27.08.2026
  • 11

LIVE

Ayni daqiqalarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi A.A.Nazirov yosh xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Bu safargi ochiq muloqotda ham Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishmoqda.

Muloqotda Mustaqillikning 35 yilligi shodyonalariga shukronalik hissi, mamlakatning taraqqiyot formulasi, xalqimiz farovon hayotining asosi — Istiqlol bergan neʼmatlar alohida e'tirof etilmoqda.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati