

Bugun soat 11:22 da Toshkent shahridagi “Vistavochnaya” podstansiyasidan chiquvchi elektr qurilmasida sodir bo‘lgan nosozlik sababli taqsimlash qurilmasi kuchlanishsiz qoldi.
Natijada Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 12:25 da “Vistavochnaya” podstansiyasidagi 10 kV kuchlanishli qurilma orqali taʼminlangan barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Nosozlik qayd etilgan 6 kV kuchlanishli elektr qurilmasida esa taʼmirlash-sozlash ishlari davom etmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
JARAON
LIVE
Avval xabar berganimizdek, bugun soat 11:22 da Toshkent shahridagi “Vistavochnaya” podstansiyasidagi elektr qurilmasida sodir bo‘lgan nosozlik sababli taqsimlash qurilmalari kuchlanishsiz qolgandi. Natijada Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.
So‘ngra soat 12:25 da 10 kV kuchlanishli qurilma orqali taʼminlangan barcha isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Hozirda nosozlik qayd etilgan 6 kV kuchlanishli elektr qurilmasida esa taʼmirlash-sozlash ishlari davom etmoqda.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦ AXBOROT XIZMATI