2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Bolalar quvonchi – biz uchun eng katta mukofot!
  • 06.08.2026
  • 22

Yozgi ta’til mavsumida Amudaryo va Beshbuloq bolalar oromgohlarida filialimizning 18 nafar ishchi-xodimlari farzandlari maroqli va mazmunli hordiq chiqarishdi.

Oromgoh davomida bolajonlar turli madaniy-ma’rifiy, sport va ko‘ngilochar tadbirlarda faol ishtirok etib, unutilmas taassurotlar bilan qaytishdi. Ularning quvonchi va beg‘ubor tabassumi – har bir ota-onaga cheksiz quvonch bag‘ishladi. Farzandlarimizning sog‘lom, baxtli va barkamol voyaga yetishi yo‘lida yaratilayotgan bunday imkoniyatlar kelajagimizga qaratilgan muhim e’tiborning yana bir yorqin ifodasidir.

Baxtli bolalik – porloq kelajak garovi!

 

"Surxondaryo MET "filiali Axborot xizmati