

Davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Energetika vazirligida tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ekspertlar ishchi guruhi tashkil etildi.
Ishchi guruh tomonidan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, qonunchilik hujjatlari loyihalari tayyorlanadi:
♦ aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimini isloh qilish hamda mazkur sohada bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
♦ elektr energiyasi tariflarida imtiyoz va chegirmalar qo‘llash mexanizmlarini takomillashtirish;
♦ Tadbirkorlar uchun tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha majburiy oldindan to‘lovni amalga oshirish tartibini yengillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ishchi guruh o‘z faoliyatida aholi va tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda takliflarni ham inobatga oladi.
Shu munosabat bilan yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va mulohazalaringizni Energetika vazirligining maxsus Telegram muloqot platformasi — https://t.me/minenergychat orqali #taklif xeshtegi bilan yuborishingizni so‘raymiz.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/20679
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati