

Tunda rejalashtirilgan yangilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi
Avval xabar berganimizdek, bugun, 2026-yil 28-iyul kuni 00:00 dan 04:00 ga qadar 110/10/6 kV kuchlanishli “Vistavochnaya” podstansiyasida modernizatsiya-rekonstruksiya loyihasi doirasidagi ishlarning bir qismi bajarildi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilaridan uzr so‘raymiz.
«TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
♦AXBOROT XIZMATI