

Bugun, 2026-yil 23-iyul kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov yosh muhandis xodimlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvini o‘tkazdi.
Unda Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tuzilmalari yoshlari videokonferensiya aloqasi orqali ishtirok etishdi.
Uchrashuv doimgidek ochiq muloqot ruhida bo‘lib o‘tdi. Yoshlar bildirgan taklif va mulohazalar mutaxassislar ishtirokida tahlil etilib, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan qaror qabul qilindi.
Ochiq muloqot davomida, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini keng nisonlash, Yoshlar kengashi tadbirlarida faol ishtirok etish, "Yoshlar klubi" faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kitobxonliki keng targ‘ib qilish, mehnat samaradorligi oshirish, kasbiy faoliyatni ulug‘lash, ijtimoiy tarmoqlardagi kontentlarni bilim-salohiyat bilan saralashni o‘rganish, zararli axborotga qarshi immunitetni shakllantirish hamda startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va yoslarni qiziqtirgan boshqa masalalar atroflicha muhokama etildi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati