

"Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari" filiali tasarrufidagi podstansiyalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
♦ Xususan:
✔️ Jazirama yoz kunlarida transformatorlarning samarali ishlashini ta'minlash maqsadida transformatorlarning sovitish radiatorlarini yuvish ishlari;
✔️ AT-1-200 MVA avtotransformatoriga qo‘shimcha sovitish tizimini o‘rnatish hamda uning ishonchli ishlashini ta’minlash bo‘yicha montaj ishlari;
✔️ Yangi o‘rnatilgan boshqaruv shkaflaridagi dispetcherlik yozuvlarini yangilash, belgilash va tartibga keltirish ishlari;
► Mutaxassislar mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga qat'iy rioya qilgan holda, yuqori mas'uliyat bilan mehnat qilmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI
kanaliga obuna bo’ling