

♦ Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati 2026-yil birinchi yarimyillik hisobotlarini (yanvar-iyun) OAV hamda jamoatchilik e’tiboriga taqdim etishni davom ettiradi.
✍️ Hisobot materiallarida Aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga oid, uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoq sahifalariga yuklanib borgan matnli, foto-video va infografikadan iborat mediamahsulotlar o‘rin olgan bo‘lib, ma’lumotnoma-hisobotlarida Axborot xizmati tomonida faoliyatning ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslanib olib borgan ishlari aks etadi.
⚡️ Dastlab, telekanal va radio to‘lqinlari orqali berilgan axborot hamda targ‘ibot materiallari bilan tanishasiz. So‘ng «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish faoliyati — yuqori kuchlanishli podstansiya va magistral elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish (ekspluatasiya), qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash va naziorat ko‘riklariga oid yarimyillik axborot taqdim etiladi.
► Shuningdek, hisobot mediamahsulotlari ♦ madaniy-ma’rifiy, ♦ sport-sog‘lomlashtirish, ♦ malaka oshirish, ♦ xotin-qizlar va ♦ yoshlar siyosatiga oid axborot bilan davom etib, Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan ommaviy tadbirlar, matbuot anjumani, taqdimot va brifinglar bilan yakunlanadi.
▶️ Batafsil hisobot-ma’lumotnoma
✍️ Matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati