2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: Transformatorning ishonchli ishlashini ta'minlashga qaratilgan texnik ishlar amalga oshirildi
  • 02.07.2026
  • 17

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali tomonidan elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalardagi uskunalarning ishonchli hamda barqaror ishlashini ta'minlash maqsadida rejali texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari davom ettirildi.

Jumladan, filial tasarrufidagi Sardoba tumanida joylashgan 110/35/10 kV kuchlanishli "Uzoqov" podstansiyasining T-2 kuch transformatorida ta'mirlash-sozlash ishlari amalga oshirildi.

⚙️ Ishlar davomida transformator yuklamasining ortishi inobatga olinib, uning me'yoriy harorat rejimida ishlashini ta'minlash maqsadida havo sovitish (ventilyatorli sovitish) tizimi ishga tushirildi.

✅ Mazkur texnik tadbir transformatorning qizib ketishining oldini olish, uskunaning xizmat muddatini uzaytirish va elektr ta'minotining sifatli ishlashini ta'minlashga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot