2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI: Nukus shahrida Gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan seminar trening bo‘lib o‘tdi
  • 29.06.2026
  • 21

"Expertise France"ning Energetika sohasida texnik ko‘maklashuv loyihasi doirasida "O‘zbekiston energetika sohasida gender tengligi va ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Unda "Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filiali, "Qoraqalpog'iston hududiy elektr tarmoqlari" AJ, “Taxiatosh issiqlik elektr stansiyalari” AJ, "Uz-Kor gas chemical" MChJ va O'zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Qoraqalpog'iston Respublika Kengashi gender siyosatini amalga oshirish boʻyicha masʼul xodimlar qatnashdi.

Seminar trening davomida tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning tizim tashkilotlaridagi faolligini qo‘llab-quvvatlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va huquqiy bilimini oshirish yuzasidan fikr almashildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot