2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.107.2: «Poytaxt» radiokanalida tinglovchilarga energiya tejamkorligi va samaradorligi xususuda axborot berildi
  • 23.06.2026
  • 11

✍️ «Poytaxt» radiokanalining FM.107.2 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Актуальное интервью» dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Hamkorlik aloqalarini kengaytirish, mahalliylashtirish va standartlashtirish departamenti mutaxassisi Kazakova Evelina Reshatovna O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga kiritilayotgan yangiliklar hamda energiya tejamkorligi va samaradorligi haqida radiotinglovchilarga axborot berdi.

Radioboshlovchi — Евгений Белоцерковский.

► Youtube

⇒ Zamonaviy kotyollar samaradorligi: Eski rusumdagi (nostandart) yondirgichlar va pechlar gazning faqat 50–60 foizini issiqlikka aylantiradi, qolgani esa mo‘ri orqali behuda chiqib ketadi. Yangi avloddagi ikki zanjirli (ikki konturli) kotellarning foydali ish koeffitsiyenti 92–95 foizni tashkil etadi. Bunday qurilmaga o‘tish orqali oilaviy budjetdagi gaz xarajatlarini ikki barobargacha qisqartirish mumkin.

⇒ Termostat va “aqlli” boshqaruv: Agar isitish tizimiga kichik bir qurilma — termostat o‘rnatilsa, u uy ichidagi harorat belgilangan darajaga yetganda gazni avtomatik o‘chiradi yoki minimal holatga tushiradi. Uydan chiqib ketayotganda haroratni atigi 3-4 darajaga pasaytirish kunlik gaz isteʼmolini 10-15 foizga tejaydi.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati