2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: Mirzaobod tumanida elektr ta’minoti sifati yanada yaxshilanmoqda
  • 23.06.2026
  • 28

Mirzaobod tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli “Nayman” podstansiyasida rejalashtirilgan texnik ishlar olib borildi. Podstansiyadagi quvvati 2 500 kVA bo‘lgan T-1 kuch transformatori o‘rniga quvvati 4 000 kVA bo‘lgan yangi kuch transformatori o‘rnatildi.

Transformator quvvatining oshirilishi natijasida hududdagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyektlari va tadbirkorlik subyektlarining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji yanada to‘liq qondiriladi.

⇒ Bugungi kunda mutaxassislar tomonidan transformatorni almashtirish va ishga tushirish bo‘yicha zarur texnik tadbirlar belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot