

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati 2026-yil birinchi yarimyillik hisobotlarini (yanvar-iyun) OAV hamda jamoatchilik e’tiboriga taqdim etishni boshlaydi.
✍️ Hisobot materiallarida Aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga oid, uzbekistonmet.uz rasmiy veb-sayt va uning ijtimoiy tarmoq sahifalariga yuklanib borgan matnli, foto-video va infografikadan iborat mediamahsulotlar o‘rin olgan bo‘lib, ma’lumotnoma-hisobotlarida Axborot xizmati tomonida faoliyatning ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga asoslanib olib borgan ishlari aks etadi.
⚡️ Dastlab, telekanal va radio to‘lqinlari orqali berilgan axborot hamda targ‘ibot materiallari bilan tanishasiz. So‘ng «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining asosiy ish faoliyati — yuqori kuchlanishli podstansiya va magistral elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatish (ekspluatasiya), qurilish-montaj, modernizatsiya-rekonstruksiya, ta’mirlash-sozlash va naziorat ko‘riklariga oid yarimyillik axborot taqdim etiladi.
⇒ Shuningdek, hisobot mediamahsulotlari ♦ madaniy-ma’rifiy, ♦ sport-sog‘lomlashtirish, ♦ malaka oshirish, ♦ xotin-qizlar va ♦ yoshlar siyosatiga oid axborot bilan davom etib, Axborot xizmati tomonidan tashkil etilgan ommaviy tadbirlar, matbuot anjumani, taqdimot va brifinglar bilan yakunlanadi.
© «INFOgrafika» studiyasi mahsuloti, «Energo-IT» filiali
► 03.02.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 143 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasi oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning yanvar oyi) ♦ Videorolik 1 va 2
► 20.02.2026 — AXBOROT XIZMATI: Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ochiqligi va shaffofligini taʼminlashi — majburiyat va masʼuliyat
► 03.03.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 65 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasiga oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning fevral oyi)
► 30.03.2026 — Aksiyadorlik jamiyatining rasmiy veb-sayti hamda uning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida «Yoshlar siyosati» ruknida e’lon qilinayotgan axborot bilan tanishib boring!
► 03.04.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Rasmiy veb-sayt orqali qayd etilgan murojaatlar va ularga berilgan rasmiy munosabat (murojaatchilarga yuborilgan javoblar) 2026-yil 1-chorak
► 04.04.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 55 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasi oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning mart oyi)
► 30.04.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Murojaatlar bilan ishlash hamda jamoatchilik nazorati tizimi takomillashtirilmoqda
► 04.05.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 65 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasi oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning aprel oyi)
► 05.05.2026 — HISOBDORLIK: 2026-yil 1-chorak — uzbekistonmet.uz (Taqdimot tadbiri) ♦ Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi va o‘rinboraslarining OAV hamda keng jamoatchilik e’tiboriga taqdim etgan videobayonoti
► 03.06.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 45 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasi oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning may oyi)
► 30.06.2026 — AXBOROT XIZMATI HISOBOTI: Veb-sayt sahifalarida 45 dan ziyod magistral tarmoqlari ekspluatatsiyasi oid maʼlumotnoma hamda tezkor xabarlar eʼlon qilindi (2026-yilning may oyi)
▶️ Batafsil hisobot-ma’lumotnoma
✍️ U.P.Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining matbuot kotibi ― axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati