2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Ekskavator tufayli vaqtincha kuchlanishsiz qolgan L-Navoiy-2 liniyasi isteʼmolchilariga zaxira manbadan kuchlanish berildi
  • 18.06.2026
  • 17

Bugun soat 15:54 da Toshkent shahrida joylashgan “Keles” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli L-Navoiy-2 elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chdi. Bunga sabab qurilish maydonida ishlayotgan ekskavator Qizg‘aldoq shahobchasining 1–2 sonli tayanch ustunlari orasida muhofaza zonasiga belgilangan meʼyorlarga amal qilmasdan ishlab. tarmoqning B fazasini uzib yuborgan.

Natijada Toshkent shahri Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarga zaxira manbalar orqali kuchlanish berish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 15:59 da isteʼmolchilar elektr taʼminoti zaxira manbalar orqali tiklandi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

 

 

❗️ 110 kV kuchlanishli L-Navoiy-2 elektr uzatish tarmog‘i Qizg‘aldoq shahobchasining 1–2 sonli tayanch ustunlari orasida ishlayotgan ekskavator muhofaza zonasiga belgilangan meʼyorlarga amal qilmasdan ishlab, tarmoqning B fazasini uzib yuborgan.



► E’TIBORLI BO‘LING!

✍️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son «Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaroridan:

⚡️ Belgilangan normalarga asosan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarining muhofaza zonalari quyidagicha oʻrnatiladi:

♦ 1 kilovoltgacha kuchlanishli tarmoqlar uchun — 2 metr;

 20 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 10 metr (aholi punktlari chegaralarida joylashgan oʻzini oʻzi tutib turuvchi yoki izolyatsiyalangan simli liniyalar uchun 5 metr);

 35 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 15 metr;

♦ 110 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 20 metr;

♦ 220 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 25 metr;

♦ 500 kilovolt kuchlanishli tarmoqlar uchun — 30 metr.

► Shuni taʼkidlash joizki, ushbu muhofaza zonasi elektr uzatish tarmogʻi boʻylab chetki simlaridan har ikkala tomonga vertikal tekislik bilan chegaralangan yer maydoni va havo bo‘shlig‘idan iborat. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati