
✍️ «Yoshlar» radiokanalining FM.104.0 to‘lqinlarida jonli efirga uzatilgan "Oqshomga qadar" dasturda «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Elektr stansiyalarini tizimga ulash sho‘basi boshlig'i Ravshanjon Yoqubjonov O‘zbekiston Respublikasi energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, amalga kiritilayotgan yangiliklar haqida radiotinglovchilarga axborot berdi.
—
► Quyosh va shamol elektr stansiyalarining asosiy xususiyati shundaki, elektr energiyasi ishlab chiqarish ob-havo sharoitiga bog‘liq. Quyosh elektr stansiyalari kechasi energiya ishlab chiqarmaydi, shamol elektr stansiyalarida esa ishlab chiqarish shamol tezligiga qarab o‘zgaradi.
► Energiyani saqlash tizimlari ushbu muammoni hal qilishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Ular ortiqcha ishlab chiqarilgan energiyani akkumulyatsiya qilib, talab yuqori bo‘lgan vaqtda tarmoqqa qayta uzatadi.
✅ O‘zbekistonda 2030-yilga qadar umumiy quvvati 4,5 GVtga yaqin bo‘lgan energiya saqlash tizimlarini joriy qilish rejalashtirilgan.
► Energiya saqlash tizimlari elektr tarmog‘idagi yuklamalarni muvozanatlashtirish, avariya holatlarining oldini olish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, energiya saqlash tizimlari mavjud bo‘lgan elektr tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini integratsiya qilish darajasi 50–60 foizgacha oshishi mumkin.
⚡️ Shu sababli energiya saqlash tizimlari bugungi kunda yashil energetikaning ajralmas qismi sifatida qaralmoqda.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati