2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
KASABA UYUSHMASI: Hayit ayyomi munosabati bilan nafaqadagi energetik hamkasblar holidan xabar olindi
  • 28.05.2026
  • 279

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 22-may sanasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori e’lon qilindi va xalqimizga xos mehr-oqibat, insonparvarlik, shukronalik, saxovat hamda bag‘rikenglik kabi ezgu fazilatlarni mujassam etgan muborak Qurbon hayiti munosib nishonlanib, ushbu qutlug‘ ayyomda aholini davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash ishlari olib borildi.

Bir so‘z aytganda, ko‘pmillatli yurtimizda osoyishtalik, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yordamga muhtoj insonlar, muhtaram nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla va xonadonlarni obod qilishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borildi.

Xayr-saxovat ishlari barcha davlat idora va tashkilotlari qatorida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tarkibiy bo’linmalarida ham amalga oshirildi.

Misol uchun,

✅ Navoiy filiali rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan xayriya tadbiri tashkil etildi;

✅ Toshkent shahar filiali mas’ullari tomonidan bayram munosabati bilan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi;

✅ Namangan filiali kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan Qurbon hayiti bayrami arafasida inson qadri va mehr-oqibatni ulug‘lovchi ezgu tadbir tashkil etildi;

✅ Andijon filiali Kasaba uyushmasi tashabbusi asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj ishchi-xodimlarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi;

✅Qurbon hayiti munosabati bilan Toshkent viloyati filiali Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan energetika sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan ishchi-xodimlar holidan xabar olindi.

✅ Qashqadaryo filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan filialda uzoq yillar fidokorona mehnat qilib, hozirda munosib dam olishda bo'lgan nafaqadagi xodimlarimiz holidan xabar olindi.

✅ «Energo-IT» filiali Kasaba uyushmasi tomonidan nafaqadagi ishchi-xodimlar holidan xabar olindi.

Xayriya aksiyalar Aksiyadorlik jamiyatining barcha filial va tarkibiy bo‘linmalarida davom ettirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati