2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yoshlar siyosati (Sport targ’iboti)
SIRDARYO VILOYATI: Mini futbol musobaqasi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi
  • 30.05.2026
  • 25

Sport — sog‘lom hayot va jamoaviylik mezoni

⇒ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-son “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida mini futbol bo‘yicha sport tadbiri o‘tkazildi.

⚽️ “Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali bo‘limlari o‘rtasida tashkil etilgan mini futbol musobaqasi yuqori kayfiyat va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi. Unda filialning turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlardan iborat jamoalar g‘oliblik uchun maydonga tushdilar.

⚡️Musobaqa davomida ishtirokchilar sportdagi mahorat, chaqqonlik va jamoaviy hamjihatlik namunasini namoyon etdilar.

► 1-o‘rin — Havo tarmoqlari xizmatining "Falcon" jamoasi;
► 2-o‘rin — Podstansiya xizmatining "Energiya tayanchi" jamoasi;
► 3-o‘rin — "Go‘zal" podstansiyasining “Uchqun” jamoasi
.

♦ G‘olib jamoalar filial rahbari hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Mazkur sport musobaqasi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy muhitni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot