2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ENERGETIKADA TARG‘IBOT: «O‘zbekiston» telekanali, «MUNOSABAT» tok-shousi; Mavzu: «YASHIL ENERGIYA»
  • 26.05.2026
  • 29

© «O‘zbekiston» telekanali, «MUNOSABAT» tok-shousi
 

⚡️ Mavzu: «YASHIL ENERGIYA»

♦ Youtube’da ko‘rish

►«Yashil energetika» — iqtisodiyotimiz drayverlaridan biriga, ham chinakam umummilliy harakatga aylanmoqda. Bugungi kunda “yashil energiya” hajmi 16 milliard kilovatt-soatga, uning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi jami ulushi 30 foizga yetdi. Qisqa davr uchun bu juda katta ko‘rsatkich, albatta.

► Xususan, 2024–2025-yillarda yurtimiz hududlari bo‘ylab 1545 megavattga teng bo‘lgan energiya saqlash tizimlari ishga tushirildi. Bu ikki loyiha O‘zbekiston energetikasi tarmog‘ida yangi loyihalar hisoblanib, sohada uning ahamiyati nihoyatda katta hisoblanadi.

⇒ 2026-yilning 1-aprel holatiga yurtimizda umumiy quvvati 3930 megavattga teng bo‘lgan 15 ta quyosh fotoelektr stansiyasi, quvvati 1 652 megavattga teng bo‘lgan 5 ta shamol elektr stansiyasi, quvvati 1545 MVt bo‘lgan 12 ta elektr energiyasini saqlash tizimini ishga tushirildi. Oxirgi 6–7 yilda jami quvvati 21 ming megavattga teng bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda 42 ta bitim imzolangan.

⇔ Ushbu loyihalarning ro‘yobga chiqarilishini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 120 dan ortiq qarori imzolandi.

2030-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazish maqsad qilib olingan. Bu — yiliga 18 milliard kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish, yaʼni tejash deganidir.

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat