2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.103.1 to‘lqinlarida radiotinglovchlarga energiya tejamkorligi va samaradorligi hamda sohadagi islohotlar haqida axborot berildi
  • 25.05.2026
  • 16

«O‘zbekiston» radiokanalining FM.103.1 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Jarayon» informatsion dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U. P. Urunov energiya tejamkorligi va samaradorligi hamda sohadagi islohotlar haqida axborot berdi.

Radiodasturni jurnalist O‘rol Pardayev tayyorlagan. Radioboshlovchi — Halima Mahamadsaidova.

❗️ Energiya resurslarini asrab-avaylash madaniyati — kelajak avlod oldidagi masʼuliyat!

Energiya resurslaridan oqilona foydalanish masalasi energiya samaradorligi pastligicha qolayotgan va energiya isteʼmoli madaniyatini oshirishga ehtiyoj mavjud hozirgi sharoitda yana-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Isrofgarchilik shundoq ham energiya resurslari kamayib borayotgan bir sharoitda barqarorlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Energiya resurslarini asrab-avaylash — bu shunchaki chiroqni o‘chirish emas, balki kelajak avlod oldidagi masʼuliyatli va zamonaviy turmush tarzidir.

⚡️ Elektr energiyasi ham neʼmat. Uning isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, asrash masʼuliyati — barchamiz uchun vijdon ishi, burch bo‘lishi kerak. Bunda aholi sarflayotgan oylik yoki yillik elektr energiya hajmini o‘zi mustaqil nazorat va tahlil qilib borishi, xulosa qilishi, tabiiy ravishda tejamkorlikni taʼminlashi samarali natija beradi.

► Marhamat, radiomuloqot dasturi bilan tanishing!

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati