

► 2024-yilga qadar respublikamizda mavjud energetik infratuzilmaning katta qismi jismonan eskirgan edi. Sohaga bozor mexanizmlari joriy etila boshlagandan keyin oxirgi 2 yilda tizimni modernizatsiya qilish ishlari jadallashdi.
2017–2025-yillarda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 110–500 kV kuchlanishdagi 2 123 km elektr uzatish tarmoqlari qurilib, 110–500 kV kuchlanishli podstansiyalarning quvvati 12 608 MVAga oshirildi. Natijada elektr qurilmalaridagi yuklamalar 25 foizga, avariyaviy o‘chishlar 40 foizga, elektr uzatishdagi yo‘qotishlar 0,5 foizga yoki 269,3 mln kVt soatga kamaytirilishiga erishildi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan respublika hududlaridagi 53 ta podstansiyada hamda uzunligi 930 km bo‘lgan 35-110 kV elektr uzatish tarmoqlarida modernizatsiya va yangilanadi.

Hozirgi kunda mamlakatimizdagi jami 90 ming 689 kilometr masofadagi 10 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining qariyb 48 foizi, yaʼni 43 ming 641 kilometrli qismi oz emas, ko‘p emas, 40 yildan ortiq vaqt mobaynida ishlatilmoqda.
Shuningdek, uning 18 ming 159 kilometr qismi, yaʼni 20 foizi 25 yildan 40 yilgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida ishlatib kelinyapti. 10 ming 658 kilometrlik qismi, boshqacha aytganda, 12 foizining tortilganiga 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan.
Bor-yo‘g‘i, 20 foizining, yaʼni 18 ming 231 kilometr masofadagi elektr tarmoqlarining tortilganiga 10 yildan kam muddat bo‘ldi.
Shuningdek, 6 kilovolt kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarining umumiy masofasi 15 ming 138 kilometr bo‘lib, uning 7 ming 184 kilometri, yaʼni 47 foizdan ziyodi 40 yildan ortiq ishlatilmoqda.
Mazkur tarmoqlarning 3 ming 119 kilometr, yaʼni qariyb 20 foizlik qismi 25 yildan 40 yilgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida, 2 ming 143 kilometr, yaʼni 14 foizlik qismi esa 10 yildan 25 yilgacha bo‘lgan muddatdan beri ishlatib kelinyapti.
Uning atigi 2 ming 589 kilometr qismi esa 10 yildan kam muddat ishlagan. Bu ulush 18 foizdan sal ziyodroqni tashkil qiladi.
Bu raqamlar 0,4 kilovolt kuchlanishga mo‘ljallangan 161 ming 402 kilometr elektr uzatish tarmoqlarida ham deyarli xuddi shunday.

Ayni paytda jismonan va maʼnan eskirgan mazkur elektr tarmoqlarini yangilash, tizimni modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun yaqin 5 yil ichida 4 milliard AQSH dollari kerak. Shu bilan bir qatorda, mavjud 106 ming 140 ta transformatorning 38 ming 463 tasi taʼmirga muhtoj. Birgina shuning o‘zi uchun qo‘shimcha 400 million AQSH dollari zarur bo‘ladi
► Bugungi murakkab sharoitimizda eskirgan infratuzilmani modernizatsiyalash orqali yo‘qotilayotgan resurslarni isteʼmolchilarga yo‘naltirish esa energetikadagi uzilishlarga barham beradi. Shuning uchun ham biz, ayniqsa, yaqin 5 yil davomida va keyinchalik ham energiya resurslaridan samarali, oqilona foydalanishga, shaxsiy sarf-xarajatlarimizni kuzatib borishga, tejamkorlikka o‘rganishimiz kerak. Ana shunda isteʼmol madaniyati shakllanadi.
✍️ Ushbu axborot Energetika vazirligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnomalar asosida tayyorlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati