2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kasaba uyushmasi
Xotin-qizlar forumi-2026: “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida o‘tkazilgan madaniyat va sport forumi g‘oliblari bilan tanishing!
  • 17.05.2026
  • 33

Avval xabar berganimizdek, 2026-yil 15-16-17-may kunlari Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “ORIENT VILLAGE” dam olish maskanida o‘tkazilayotgan forumda “O‘zbekiston MET” AJ filiallarida faoliyat yuritayotgan 18 ta filialidan jami 90 nafar xotin-qizlar va 10 nafar tashkilotchilar ishtirok etishdi. Tadbirga, shuningdek, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari ham jalb qilingandi.

“Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida o‘tkazilgan madaniyat va sport forumi g‘oliblari bilan tanishing:

Forum musobaqalari ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi va 100 nafar ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlandi:


►♀️ 100 metrga yugurish musobaqasida:

• 1-o‘rinni «Jizzax magistral eletr tarmoqlari» filiali muhandisi Dilorom Mirzayeva,

• 2-o‘rinni «Namangan magistral eletr tarmoqlari» filiali elektr montyori Evelina Hamroqulova,

• 3-o‘rinni «Andijon magistral eletr tarmoqlari» filiali elektr chilangari Mavjudaxon Shermatova egalladi.


►♀️ Stol tennisi musobaqasida:

• 1-o‘rinni «Farg‘ona magistral eletr tarmoqlari» filiali muhandisi Maʼmura Imomova,

• 2-o‘rinni «Qashqadaryo magistral eletr tarmoqlari» filiali yetakchi hisobchisi Lola Shukurova,

• 3-o‘rinni «Toshkent shahar magistral eletr tarmoqlari» filiali yetakchi hisobchisi Xolida Choriyeva egalladi.

 

►♀️  Kamon otish musobaqasida:

• 1-o‘rinni «Farg‘ona magistral eletr tarmoqlari» filiali muhandisi Nargiza Kamilova,

• 2-o‘rinni «Xorazm magistral eletr tarmoqlari» filiali elektr montyori Sevara Habibullayeva,

• 3-o‘rinni «Qoraqalpog‘iston magistral eletr tarmoqlari» filiali hisobchisi Perizat Jaliyeva egalladi.


►♀️  Bouling bo‘yicha musobaqada:

•  1-o‘rinni «Navoiy magistral elektr tarmoqlari» filiali muhandisi Dilnoza Aslanova,

• 2-o‘rinni Markaziy apparat 1-toifali texnigi Dilnavoz Ergasheva,

•  3-o‘rinni «Namangan magistral eletr tarmoqlari» filiali elektr chilangari Shoira Sultanova egalladi.


►♀️  “Zakovat” intellektual o‘yinida 18 ta jamoa ishtirok etdi, qiziqarli savollar, bahs-munozaralar bilan davom etgan ushbu o‘yinda

• «Jizzax magistral eletr tarmoqlari» filiali jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

• 2-o‘rinni 2 ta jamoa — «Namangan magistral eletr tarmoqlari» filiali va «Toshkent magistral eletr tarmoqlari» filiali jamoalari egallashdi.

O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari o‘tkazilgan tadbirni yuqori baholab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda sportni rivojlantirishga oid farmon va qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan forum energetika sohasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat samaradorligiga, jamoada iliq kasbiy munosabatlar mustahkamlanishiga ishonch bildirishdi.

⚡️ Forum tashkilotchilari hamda ishtirokchilari "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati rahbariyatiga Aksiyadorlik jamiyati xotin-qizlariga qaratilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildiradi.

 

Xotin-qizlar forumi-2026: Tadbir muvaffaqiyatli yakunlandi
 

⇒ “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlikjamiyati  tizimida “Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida madaniyat va sportga bag‘ishlangan “Xotin-qizlar forumi–2026” tadbiri o‘z ishini yakunladi.

Xotin-qizlar forumi-2026: Go‘zallik; Energiya; Sport; Salomatlik; Hamjihatlik; Tajriba almashish; Ko‘tarinki kayfiyat; Ruhiy tetiklik; Intellektual salohiyat va Kasbiy mahorat

 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati