2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: Yuqori kuchlanishli energetika obyektida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 15.05.2026
  • 402

"Qoraqalpog'iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/10 kV kuchlanishli "Anna" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

⇔ Olib borilgan ishlar quyidagilardan iborat:

♦ Kuch transformatori (T-2-110 kV) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi

♦ Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi

♦ Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi

♦ Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi

♦ 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta'mirlash ishlari olib borildi

⇒ Ushbu profilaktik ishlar generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot