2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: “Yuksak” podstansiyasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
  • 08.05.2026
  • 14

♦ “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Yuksak” podstansiyasida “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda podstansiya boshlig‘i va qutqaruv tuzilmalarining harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

O‘quv mashg‘ulotida fuqaro muhofazasi tuzilmalari, muhandis-texnik xodimlar, tibbiy xodimlar hamda mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi.

► Mashg‘ulot davomida:
✔️ zilzila vaqtida harakatlanish,
✔️ xodimlarni evakuatsiya qilish,
✔️ binoda qolib ketgan shaxsni qutqarish,
✔️ yong‘inni bartaraf etish,
✔️ birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish

bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.

♦ Tadbir yakunida xodimlarning favqulodda vaziyatlardagi harakatlari qoniqarli deb baholanib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚡️ Xavfsizlik — doimiy e’tibor markazida! 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot