2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDIJON VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya-rekonstruksiya ishlari davom etmoqda
  • 04.05.2026
  • 28

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansidagi energetika obyektlarida modernizatsiya-rekonstruksiya, qurilish-montaj hamda ta’mirlash-sozlash ishlari olib borilmoqda.

Misol uchun, «Andijon magistral elektr tarmoqlari» filiali tarkibidagi 220 KV kuchlanishli «Xakan» podstansiyasiga o‘rnatish uchun quvvati 250 MVA bo’lgan 2 dona avtotransformatorlar maxsus avtotransport vositasiga ortilib, podstansiya hududiga olib kelindi. 

⚡️ Modernizatsiya jarayonida avtotransformatorlar ishga tushirilishi natijasida podstansiyaning  o‘tkazuvchanlik quvvati 175 MVA oshirilib, energetika obyektining umumiy quvvat o'tkazuvchanligi 500 MVA ni tashkil etadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/AndijonMET_Axborot