2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FARG‘ONA VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalar estetik holatini yaxshilash ishlari amalga oshirilmoqda
  • 01.05.2026
  • 9

“Farg'ona magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi yuqori kuchlanishli "O‘zbekiston", "O‘zgarish", "Farg‘ona", "Povulg‘on", "Sokin" hamda "2A" podstansiyalarida estetik holatni yaxshilash bo'yicha ishlar tashkil etildi.

♦ Ochiq taqsimlash qurilmasi (OTQ) maydoniga maydalangan tosh qoplamasi yotqizildi. Bu usul chaqnash yoki elektr yoyi hosil bo‘lganda tez yonuvchan vositalar, shuningdek qurigan xashakning yonish xavfini oldini oladi.

♦ Bardyur va kabel kanallari beton to‘siqlari ohaklanib, obodonlashtirish ishlari bajarildi. Natijada hudud yanada tartibli va xavfsiz ko‘rinishga ega bo‘ldi.

♦ Avtotransformatorlar atrofidagi eski moyli shag‘allar to‘liq chiqarilib, yangi maxsus shag‘allar bilan almashtirildi. Bu ishlar yong‘in xavfsizligini ta’minlash va ekologik talablarga rioya etish maqsadida amalga oshirildi.

♦ Dispetcherlik yozuvlari yangilandi: operativ jurnalga tegishli qaydlar kiritildi, elektr sxemadagi o‘zgarishlar hujjatlashtirildi hamda dispetcherlik markaziga xabar berildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «FARG’ONA MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga obuna bo’ling 

 https://t.me/FargonaMET_Axborot