

Bugun, 24-aprel kuni Qamashi tumanida joylashgan “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 110/35/10 kV kuchlanishli “Qorasuv” podstansiyasida yangi, zamonaviy 25 MVA quvvatga ega transformator o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yangilanish doirasida avval ishlatilgan 10 MVA quvvatli transformator o‘rniga ikki baravar kuchli uskuna ishga tushirilmoqda. Bu esa hududda elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
⚡️ Endilikda:
♦ aholi elektr energiyasi bilan yanada barqaror va uzluksiz ta’minlanadi;
♦ tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratiladi;
♦ maktab, bog‘cha, shifoxona kabi ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minoti sifati yaxshilanadi.
Ushbu loyiha Qamashi tumanining infratuzilmasini rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish va hududda iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI