2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ONLINE: Ayni daqiqalarda belorussiyalik mutaxassislar ishtirokida navbatdagi o‘quv seminarining birinchi darsi bo‘lib o‘tmoqda
  • 23.04.2026
  • 20

ONLINE

Avval xabar berganimizdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida bir nechta mahalliy hamda xojirish ilmiy-amaliy institutlar bilan hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda. 

JARAYON

• LIVE Ayni daqiqalarda 220 kV kuchlanishli «Ozodlik» podstansiyasi hududida tashkil etilgan «Tezkor xodimlarni tayyorlash» o’quv markazida Belorussiya Respublikasi Minsk shahridan tashrif buyurgan «Energokompleks» kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida “O'zaro bog'langan polietilen izolyatsiyali o'rta va yuqori kuchlanishli kabellardan konstruktiv foydalanish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
 
⚡️ Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Innovatsion ishlanmalar bilan takomillashtirilgan yangi turdagi kabel tizimlari va kabel armaturalari hamda ulardan raqamlashtirilgan podstansiyalarni qurish va ekspluatatsiya qilishda samarali foydalanish mavzusida o‘quv seminari tashkil etilgan edi.

• LIVE «Tezkor xodimlarni tayyorlash» o’quv markazi 

 ► Belorussiya Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida “O‘zaro bog‘langan polietilen izolyatsiyali o‘rta va yuqori kuchlanishli kabellardan konstruktiv foydalanish” mavzusida o‘quv seminaridan lavhalar

✍️ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati