2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Energetiklar magistral elektr tarmoqlaridagi joriy ta’mirlash ishlarini davom ettirishmoqda
  • 13.04.2026
  • 10

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tasarrufidagi “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 500 kV kuchlanishli  “L-524” elektr uzatish tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

⚡️Joriy ta’mirlash jarayonida tayanch ustunining tarkibiy qismlari ko‘zdan kechirilib, shikastlangan elementlar yangisiga almashtirildi. Elektr uzatish tarmoqlarining kontakt teplovizor ko‘rigidan o‘tkazilib, chaqmoqqaytargich troslar hamda kontur yerlagichlar holati tekshirildi.

⚡️ Ma’lumot o‘rnida: “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini magistral elektr tarmoqlari va yuqori kuchlanishli podstansiyalar orqali taqsimlovchi tarmoqlarga uzatish (transportirovka), shuningdek, elektr energiyasi davlatlararo tranziti bilan shug‘ullanadi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot