2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAVOIY VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda ta’mirlash va servis xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi
  • 24.03.2026
  • 46

“Navoiy magistral elektr tarmoqlari” filialiga tarkibidagi bir qator podstansiyalarda reja asosida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borildi.  Misol uchun, 110/35/10 kV kuchlanishli “Azizobod” podstansiyasidagi elektr qurilmalarida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.

⚙️ Shuningdek, mazkur energetika obyektidagi kuch transformatori hamda uning bog’lamlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, ta’mir jarayonida transformatorlar moy sathi me’yoriga keltirildi, eskirgan moylar laboratoriya tahlillari asosida yangisiga almashtirildi.

Ushbu texnik tadbirlar elektr tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash va taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror elektr ta’minoti yetkazib berishga xizmat qiladi.

⚡️  Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmat 

❗️ «NAVOIY MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/NavoiyMET_Axborot