2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Aziz hamyurtlar, hurmatli hamkasblar!
  • 19.03.2026
  • 46

Yaratganning marhamati yog‘iladigan ushbu barokatli va nurafshon kunda Siz azizlarni mukarram Iyd ul-Fitr bilan tabriklaymiz.

Mehnatkash va sofdil xalqimizning moʻtabar mohi Ramazonda qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lsin!

Bayram va unga ulangan dam olish kunlarida ham tun-u kun xalqimiz xizmatida bo‘lgan mamlakatimiz elektr energetika tarmog‘i xodimlari nomidan barcha-barchani ulug‘ ayyom bilan qutlaymiz! 

Jonajon Vatanimizni, aziz xalqimizni Yaratganning O‘zi panohida asrasin! Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Abdumalik Nazirov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi