
⚡️BO‘SH ISH O‘RNI:
Bosh muhandis o‘rinbosari lavozimiga talablar
Bosh muhandis o‘rinbosari lavozimiga oliy-texnik ma’lumotiga ega bo‘lgan energetika sohasida 5 yilдан ortiq va rahbarlik lavozimida 3 yildan ortiq ishlagan shaxs tayinlanadi.
Bosh muhandis o‘rinbosari ishlab chiqarish texnika bo‘limi, podstansiyalar xizmati, elektr uzatish tarmoqlari xizmati, aloqa xizmati, rele himoyasi va elektrsinovlar xizmati, sinovlar bo‘yicha ishlab chiqarish laboratoriyasi, mustahkamlik va xavfsizlik guruhi ishlarini bevosita boshqaradi.
Bosh muhandis o‘rinbosari quyidagilarni bilishi kerak:
· O‘zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida” gi Qonunini;
· O‘zbekiston Respublikasining “Mehnat muhofazasi to‘g‘risida” gi Qonuni asoslarini;
· Mehnat qonunchiligini;
· Filialning asosiy elektr uskunalarini ekspluatatsiyasini iqtisodiy va texnik ko‘rsatkichlarini;
· O‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalarini (TEQ);
· Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini (XTQ);
· Elektr qurilmalarining tuzilish qoidalarini (EQTQ)
· Energetika korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalarini (YOXQ);
· “Elektr energetika uskunalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa bilan bog‘liq jarohatlanishda dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘riqnoma”ni;
· Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini;
· O‘zbekiston Respublikasining Energetika vazirligi, “O‘zbekiston MET” AJ va Qashqadaryo MET filiali direktiv hujjatlarini;
· Elektr energetika sohasida mehnatni muhofaza qilishning boshqarish tizimi to‘g‘risida nizomni;
· Asboblar va moslamalar bilan ishlashda xavfsizlik Qoidalari;
· Elektr qurilmalarini sinash meyorlari;
· Yuqori bosim ostida ishlovchi idishlar havo o‘tkazgichlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalarini;
· Elektr uzatish tarmoqlari va podstansiya qurilmalarini ekspluatatsiya qilish,
· ishonchliligini oshirish va ta’mirlash bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar (standartlar, buyruqlar);
· Elektr tizimning Qashqadaryo viloyati qismi sxemasi;
· “Magistral elektr tarmoqlari to‘g‘risida” gi Nizomni;
· Ushbu lavozim yo‘riqnomasini;
· Ishlab chiqarish sanitariya meyorlarini;
· “Qashqadaryo MET” filiali xodimlarining ichki mehnat tartibi qoidalarini;
· «O‘zbekiston MET» AJ xodimlarining intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi nizomni;
· “Qashqadaryo MET” filialida mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi to‘g‘risida nizom” ni;
· Barcha elektr qurilmalarni ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarini;
· Releli himoya tizimi, telemexanika, avtomatika qurilmalarining tuzilishi va ularni ekspluatatsiya qilish yo‘riqnomalarini hamda releli himoya va avtomatika tizimi ta’sir doirasini;
· Energetika ishlab chiqarish korxonalarida xodimlar bilan ishlashni tashkil etish qoidalarini;
· O‘zbekiston Respublikasi yagona elektr energetika tizimining elektr qismidagi texnologik buzilishlarni oldini olish yo‘riqnomasini;
· Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomni;
· “Xodimlarning odob-ahloq qoidalari” ni.
Elektron pochta: qashqadaryomet@umail.uz
❇ MANZIL: Qarshi shahri, Xonabod ko‘chasi 1-uy, «Qashqadaryo MET» filiali. Mo‘ljal: 220 kV kuchlanishli «Qarshi» podstansiyasining ro‘parasida.
◾️ O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish;
◾️ Shtatlar jadvaliga muvofiq ish haqi + bonuslar.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga tavsiyalar.
https://arxiv.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/3441
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati