2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT SHAHRI: Yuqori kuchlanishli podstansiyada joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi
  • 16.03.2026
  • 18

“Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220 kV kuchlanishli "Qo‘yliq" podstansiyasida 22-topshiriqnomaga asosan L-Panelnaya-2 35 кВ qurilmasida rejalashtirilgan joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

Mazkur texnik tadbirlar elektr uskunalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash, ularning texnik holatini yaxshilash hamda ekspluatatsiya jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish maqsadida amalga oshirildi.

Ta’mirlash jarayonida mutaxassislar tomonidan uskunalar ko‘zdan kechirilib, zarur profilaktik va texnik sozlash ishlari bajarildi hamda qurilmaning me’yoriy ishlash holati tiklandi.

⚡️ Bunday rejalashtirilgan texnik tadbirlar elektr ta’minoti tizimining barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot