2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
FM.87.9 to‘lqinlarida elektr uzatish tarmoqlari "muhofaza maydoni"da taqiqlangan holatlar yuzasidan axborot berildi
  • 13.03.2026
  • 12

«O‘zbekiston–24» radiokanalining FM.87.9 to‘lqinlarida efirga uzatilgan «Axborot» informatsion dasturida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bosqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi U.P.Urunov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qaroriga muvofiq, elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarining barqaror ishlashi uchun, muhofaza zonalarida ekologik zarar va yong‘in keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan biron-bir harakatni sodir etish taqiqlangani haqida intervyu berdi.

Radioboshlovchi — Dilshod Bo‘riyev. Dasturni jurnalist Nilufar Ahmedova tayyorlagan.

❗️Hurmatli yurtdoshlar va aziz ota-onalar! Bolalar va o‘smirlar podstansiyalar atrofi, transformator punktlari yaqini va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari "muhofaza maydoni"da o‘ynashi va varrak uchirishi og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunki, elektr qurilmalari, xususan podstansiyalar va yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari atrofi o‘yin va sport musobaqalari uchun o‘ta xavfli hudud hisoblanadi. 

⇒ Shu bilan birga, elektr uzatish havo liniyalari "muhofaza zonasi" maydonida ko‘plab odamlar yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday tadbirlarni o‘tkazish; muqim va ko‘chma savdo rastalarini tashkil etish, chiqindixona tashkil etish, axlatxonalarni joylashtirish-yig‘ish; yoqilg‘i-moylash materiallarini tashlash, ularni saqlash va quyishni amalga oshirish taqiqlanadi

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati