2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: 110/35/10 kV kuchlanishli "Chimboy" podstansiyasida rejali joriy ta’mirlash ishlari olib borildi
  • 10.03.2026
  • 25

"Qoraqalpog‘iston magistral elektr tarmoqlari" filialiga qarashli 110/35/10 kV kuchlanishli "Chimboy" podstansiyasida elektr uskunalarining ishlash holatini yaxshilash maqsadida texnik xizmat ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

Olib borilgan ishlar:

• Kuch transformatori (T-1-2-110 kV) texnik tekshiruvdan o‘tkazildi;

• Kuch transformatorining kiritkichlaridagi (ввод) moy sizib chiqishi nuqsonlari bartaraf etildi;

• Kuch transformatorining moy sathi meyyoriga keltirildi;

• Shinlar seksiyasidagi izolyatorlar tozalandi;

• 10 kV kuchlanishli komplekt taqsimlash qurilmasida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ushbu joriy ta’mirlsh ishlar generatsiya jarayonida hosil bo‘lgan elektr energiyasini taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror yetkazish uchun xizmat qiladi.

⚡️  Texnik-muhandislik ishlari elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot