2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Cho‘pon-Ota” podstansiyasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
  • 10.03.2026
  • 30

Samarqand viloyatida joylashgan 220/110/35/10/6 kV kuchlanishli “Cho‘pon-Ota” podstansiyasi hududida zilzila sodir bo‘lgan holatda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Shartli ravishda zilzila oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy vaziyatlar modellashtirildi. Xodimlar tomonidan:
♦ podstansiya uskunalarini xavfsiz holatga keltirish,
♦ shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish,
♦ mas’ul xizmatlarga tezkor xabar berish tartibi amaliy tarzda bajarildi.

Tadbir Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, mutaxassislar tomonidan xodimlarning harakatlari baholandi va zarur tavsiyalar berildi.

Shartli ravishda yuzaga kelgan yong‘in va texnologik nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan maxsus texnika va vositalardan foydalanish tartibi ko‘rsatib berildi.

⚡️ Energetika xodimlari tomonidan podstansiya hududida xavfsizlikni ta’minlash, elektr uskunalarini nazoratdan o‘tkazish hamda ish jarayonini tiklash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad — zilzila va boshqa favqulodda vaziyatlarda tezkorlikni oshirish, xodimlar hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek obyektning barqaror ishlashini saqlab qolishdan iborat.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot