2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SIRDARYO VILOYATI: “NS-6” podstansiyasida navbatdagi joriy ta’mirlash ishlari bajarildi
  • 05.03.2026
  • 28

“Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/6 kV kuchlanishli “NS-6” podstansiyasida rejali joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ta’mirlash ishlari doirasida:

6 kV kuchlanishli 1- va 2-seksiya shinalar tizimi ko‘zdan kechirilib, texnik holati tekshirildi hamda zarur profilaktik ishlar bajarildi;
T-1 va T-2 kuch transformatorlarida navbatdagi joriy ta’mirlash ishlari olib borildi;
elektr jihozlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida sozlash va mustahkamlash ishlari bajarildi.

Olib borilgan texnik tadbirlar podstansiyaning barqaror va ishonchli faoliyat yuritishini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish hamda avariyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot