

“Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan mazkur energetika obyektining T-1 transformatori, shuningdek SSh-6-1 va TN-6-1 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Ish jarayonida uskunalarning texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Shu bilan birga, releli himoya qurilmalari tekshirilib, sinovdan o‘tkazildi. Ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda amalga oshirildi.
Bajarilgan texnik tadbirlar podstansiya uskunalarining ishonchli, xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI