

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Qizil-ravot” podstansiyasida navbatdagi muhim texnik tadbirlar amalga oshirildi.
Misol uchun, 110 kVli “Suvchi-2” yacheykasidagi MMO-110 kV qurilmasining tok transformatorlarida (TFZM) joriy ta’mirlash jarayonlari bajarildi; Qurilmalarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida korroziyaga qarshi bo‘yoq berish va himoya qatlamini yangilash ishlari yakuniga yetkazildi.
Ushbu tadbirlar magistral elektr tarmoqlarida avariyaviy holatlarning oldini olish, qurilmalarning ishonchliligini oshirish va iste’molchilarga elektr energiyasini barqaror yetkazib berishga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!