2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli “Sazag‘on” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlar amalga oshirildi
  • 03.03.2026
  • 33

 "Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan 110/10 kV kuchlanishli “Sazag‘on” podstansiyasining T-2 transformatori, shuningdek V-T2-110 va V-T2-10 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Texnik tadbir davomida uskunalarning texnik holati ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi hamda qurilmalar ish faoliyati me’yoriy holatga keltirildi.

 Shu bilan birga, releli himoya va avtomatika qurilmalari sinovdan o‘tkazildi.

 Bajarilgan texnik tadbirlar podstansiya uskunalarining ishonchli, xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. Barcha ishlar xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda bajarildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot