

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida navbatdagi muhim texnik tadbirlar amalga oshirildi.
⚙️ Jumladan, podstansiyadagi quvvati 250 MVA bo‘lgan AT-1 avtotransformatorda joriy ta’mirlash hamda kompleks sinov ishlari muvaffaqiyatli bajarildi.
Mazkur avtotransformator yuqori kuchlanishli elektr energiyasini turli kuchlanish darajalariga pasaytirish orqali taqsimlovchi tarmoqlarga barqaror va sifatli elektr energiyasi yetkazib berishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, unda olib borilgan ta’mirlash ishlari elektr ta’minotining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!