

Joriy yilning yanvar-fevral oylari davomida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati 2025-yilgi faoliyati bo‘yicha o‘z hisobot-maʼlumotnomasini eʼlon qildi. Hisobotning to‘liq shakli Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Abdumalik Abdusalimovich Nazirov nomidan, har bir yo‘nalish bo‘yicha hisobotlar esa bosh boshqarma, boshqarma, bo‘lim, xizmat va filial rahbarlari nomidan eʼlon qilindi.
«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan hisobotlari ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik uchun ochiq. Rasmiy veb-saytning “HISOBOTLAR” ruknidan o‘qib-tanishib olish mumkin.
https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/77
Eslatib o‘tamiz, “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida davlat organlari va tashkilotlari har yili hisobot yilidan keyingi yilning 1-mart sanasigacha o‘z faoliyatiga oid hisobotni rasmiy veb-saytlariga joylashtirishi hamda qaysi sanada uni keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish joyi va vaqti haqida xabar berishi belgilab qo‘yilgan.
Aksiyadorlik jamiyatining uzbekistonmet.uz veb-sayt va ijtimoiy tarmoq sahifalarida bu haqda eʼlon maʼlum qilindi. Bugungi hisobotlar muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda videokonferensaloqa orqali OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
https://www.uzbekistonmet.uz/oz/lists/view/8319
Jumladan, Nasiba Ziyodullayeva, O‘zbekiston milliy axborot agentligi muxbiri, jurnalist; Zarafat Ibragimova, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xotin-qizlar komissiyasi raisi; Sardor Ali, “Daryo.uz” elektron nashri muxbiri, jurnalist; O‘rol Pardayev, “O‘zbekiston” radiokanali bo‘lim muharriri, jurnalist; Nilufar Ahmedova, “O‘zbekiston-24” radiokanali muxbiri, jurnalist; Faxriddin Nuraliyev; «Hududiy elenktr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi; Navro‘z Norboboyev, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining Axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi; Ablay Kamalov, «Yangi O‘zbekiston» va «Правда Востока» gazetasi muxbiri, jurnalist, shuningdek, 14 ta magistral elektr tarmoqlari filiallaridan Axborot xizmatiga biriktirilgan muhandis-texnik xodimlar hisobot muhokamasida ishtirok etishdi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilarning savollariga javob berilib, taklif-mulohazalari tinglandi.
Ulug‘bek Urunov, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi