2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: 110/10 kV kuchlanishli “Yangi” podstansiyasida texnik xizmat ishlari bajarildi
  • 26.02.2026
  • 25

"Samarqand magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan mazkur energetika obyektining T-1 transformatori hamda OD-KZ-T1-110 va V-T1-10 qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, releli himoya qurilmalari tekshirildi. Ish jarayonida aniqlangan moy sizib chiqish nuqsoni bartaraf etildi.

⚙️ Shuningdek, T-2 transformatori, OD-KZ-T2-110 va V-T2-10 qurilmalarida ham joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, releli himoya tizimi sinovdan o‘tkazildi hamda aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilindi.

Barcha ishlar elektr uskunalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilgan holda olib borildi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot