2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘ZENERGOINSPEKSIYA: Olmazor tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 3 ta holat aniqlandi
  • 18.02.2026
  • 22

#Tezkor_tadbir 

Olmazor tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan 3 ta holat aniqlandi

Oʻzenergoinspeksiya tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Toshkent shahrining Olmazor tumanida "S. S." MChJga qarashli obyektning elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 147 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Bu kabi holat ushbu tumanda fuqaro A. B. ga qarashli binoda hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib, 134 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, fuqaro K. Sh. ga qarashli binoda ham ushbu holat kuzatilib, 115,7 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilganligi ma’lum bo‘ldi. 

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: https://t.me/Uzenergoinspeksiya/9920

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati