2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 10/10 kV kuchlanishli “Bestobe” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 17.02.2026
  • 74

Bugun soat 17:35 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida joylashgan 110/10 kV kuchlanishli “Bestobe” podstansiyasidagi 2-sonli transformator himoya tizimidan favqulodda o‘chdi.

Natijada Nukus shahrining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. Shuningdek, isteʼmolchilarni boshqa manba orqali taʼminlash choralari ham ko‘rilmoqda.

Ayni damda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 22:30 da 110/10 kV kuchlanishli “Bestobe” podstansiyasidagi 2-sonli transformatorda aniqlangan nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati