2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Bo'sh ish o'rinlari
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati suhbat orqali ishga taklif etadi!
  • 16.02.2026
  • 48

Bo‘sh ish o‘rni:

“ENERGO-IT” filiali telemexanika uskunalarini ishlatish xizmatining muhandis lavozimi.

 

TALABLAR:

· Ma’lumoti: Oliy texnik;

· Ish tajribasi va staji: 3 yil ish tajribasiga ega bo‘lishi;

· Tillarni bilishi: O‘zbek va rus tillarni bilishi.

 

Qo‘shimcha talablar:

· Amaldagi telemexanika tizimlari va yangi kiritilayotgan telemexanika tizimlarining qurish usullari va energetika obyektlaridan uzatilayotgan TM signallarini MDXga taqdim etish. Energotizimda qo‘llaniladigan TM protokollarining turlarini bilish.

shu jumladan:

· Mikroprotsessorli avtomatlashtirish tizimlari va telemexanika tizimlari faoliyatining asosiy tamoyillarini bilish.

· Jarayonni boshqarishning avtomatlashtirish tizimlarini qurishda qo‘llanadigan asosiy protokol interfeyslari va ma’lumotlarni uzatish tamoyllarini bilish.

· Telemexanika qurilmalari bilan ishlash tajribasi.

· Texnik hujjatlarni, montaj va elektr sxemalarni o‘qish va tushunish qobiliyati.

· Elektr o‘lchash asboblari bilan ishlash ko‘nikmalari

 

Kompyuter savodxonligi (mukammal): Microsoft office, Excel, AutoCAD dasturlarida ishlashni mukammal bilish lozim.

 

⇒ «Bo‘sh ish o‘rinlari» rukni: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/lists/category/25

⇒ ❇ MANZIL: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Osiyo ko‘chasi, 42-uy. Mo‘ljal: Yunusobod tumani hokimiyati.

Murojaat uchun: 71-236-6615.

Onlayn rezyume: https://www.uzbekistonmet.uz/uz/appeal/resume

Elektron pochta:  kadr_nes@uzbekistonmet.uz   

 

YARATILGAN SHAROITLAR:

· O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan ish tartibi belgilangan, mehnat muhofazasi kafolatlanadi;

· Shahar markazida joylashgan shinam ofis xonalari, lavozim yo‘riqnomasida belgilangan sharoit va qulayliklar;

· Ish haqi miqdori shtat birligiga asosan (qo‘shimcha ustamalar va mukofot pullari).

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

http://t.me/uzmetaxborotxizmati